Toshkentda harakatlanayotgan elektrobuslar soni 10taga yetkaziladi

15:53 12 Noyabr 2019 Jamiyat
256 0

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskani qabul qildi. Uchrashuvda BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi faoliyati va Toshkent shahar hokimligi bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradigan loyihalari borasida fikr almashildi.

Hokimlik matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzaro muloqot davomida Toshkentda yashil transport yoʻlagini tashkil qilish, elektr avtobuslar sonini oshirish hamda “Aqlli shahar” konsepsiyasi doirasidagi hamkorlikdagi loyihalarni rivojlantirish masalasi muhokama etildi. Maʼlum qilinishicha, hozirda Toshkentda sinov tariqasida bitta elektr avtobus harakatlanmoqda. Yaqinda ularning soni oʻntaga yetkaziladi.

Shuningdek, shahrimizda turli sohalar faoliyatini rivojlantirish borasida qator innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. “Aqlli shahar” konsepsiyasi ishlab chiqilgan va uni hayotga joriy etish choralari koʻrilmoqda. BMT Taraqqiyot dasturining vakili bu masalada yurtimiz va shahrimiz uchun mos boʻlgan loyihalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmak berishga tayyorligini bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?