Toshkentda bionek protez qoʻllar oʻrnatish amaliyotda sinab koʻrildi

18:02 12 Iyul 2019 Siyosat
391 0

Illyustrativ foto

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va Rossiyaning “Motorika” innovatsion markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Protezlash va ortopediya markazida nogironligi bor shaxslar uchun bionik protez qoʻllar oʻrnatish amaliyoti boʻlib oʻtdi.

Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil qilinayotgan ushbu tadbirning yurtimizda oʻtkazilishi soha rivoji uchun muhim qadamlardan biridir. Nogironligi bor shaxslarga bionik protez qoʻllarni oʻrnatish amaliyoti har bir mijozga individual tarzda yondashgan holda, olgan jarohatiga koʻra, 3D texnologiyasini qoʻllash orqali amalga oshirildi.

Tadbirga tashrif buyurganlar Moskvalik tajribali mutaxassislardan bepul maslahat olish, bionik protez qoʻllar ishlash jarayonini kuzatish va shuningdek, bionik qoʻllar foydalanuvchilari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega boʻldilar.

“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?