Toshkentda 100 million dollar investitsiya hisobiga “Singapur taʼlim shahri” quriladi

09:50 25 Avgust 2019 Jamiyat
112 0

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Singapurning Kinder World International Group kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi uchta memorandum imzolandi. Bu haqda poytaxt maʼmuriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Memorandumlar Oʻzbekistonda maktabgacha va maktab taʼlim tizimini isloh qilishga kompleks koʻmaklashish maqsadiga yoʻnaltirilgan boʻlib, Toshkentdagi oʻquv muassasalarida Singapur taʼlim tizimini faol joriy etishni nazarda tutadi.

Oʻzaro kelishuvga muvofiq, Kinder World International Grour bilan hamkorlikda Toshkentda 50 gektar maydonda 100 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga “Singapur taʼlim shahri” qurilishi loyihasi amalga oshiriladi. Qoʻshma loyihalarning yana biri, poytaxtda maktabgacha taʼlim muassasasini qurishni nazarda tutgan. Unga koʻra, 1 gektar maydonda 600 nafar bolaga moʻljallangan bolalar bogʻchasi barpo qilinadi. Buning uchun Kinder World International Grour kompaniyasi tomonidan 6 million AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritiladi. Xalqaro maktabni qurish boʻyicha loyihaga esa 20 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritish belgilangan. Buning uchun shahrimizda 5 gektar yer maydoni ajratiladi va unda 2 000 nafar oʻquvchiga moʻljallangan oʻquv maskani bunyod etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?