Toshkent viloyatida 7 069 286 mln so‘mlik 341 ta loyiha amalga oshiriladi

19:06 12 Iyul 2018 Iqtisodiyot
172 0

2018-2019 yillarda Toshkent viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq 2018-2019 yillarda Toshkent viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha jami qiymati 7 069 286 mln so‘mlik 341 ta loyiha amalga oshiriladi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 12 278 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xususan, Oqqo‘rg‘on tumanida ip-kalava va gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish tashkil etish orqali (loyiha qiymati 347 200 mln so‘m) jami 950 kishi ish bilan ta’minlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?