Toshkent viloyati soliqchilariga 14 ta xizmat mashinasi topshirildi

13:07 24 May 2019 Jamiyat
333 0

Nurafshon shahrida Toshkent viloyatining 14 ta tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari rahbarlariga xizmat mashinalarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat samarali faoliyati yuritib kelayotgan Oqqoʻrgʻon, Boʻka, Zangiota, Qibray, Parkent, Toshkent, Yangiyoʻl, Bekobod tumanlari, shuningdek, Angren, Ohangaron, Bekobod, Chirchiq, Yangiyoʻl, Nurafshon shaharlari davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari “Nexia-3” va “Jentra” rusumli xizmat avtomobillari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabar bermoqda.

– Tumanimiz hududi keng boʻlib, chekka joylarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari, aholi oldiga borish, ular bilan uchrashib, soliq tushumlarini amalga oshirish, soliqqa oid qonunchilikda belgilangan normalar mazmunini yetkazish bir muncha noqulaylik tugʻdirayotgan edi, – deydi, Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi Akmal Tillayev. – Xizmat avtomobillarining topshirilishi bu boradagi muammoga barham berib, ishimizning yanada samarali tashkil etishda asqatadi. Davlatimiz tomonidan tizimning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga qaratilayotgan bunday eʼtibor zimmamizdagi vazifalarni sidqidildan ado etishga undaydi.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Gʻ. Ibragimov, Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari A.Fayziboyev hamda viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Abdujalil Qurbonov soʻzga chiqdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?