Toshkent shahrining qaysi tumanlarida koronavirus aniqlangani ochiqlandi

21:49 06 Iyun 2020 Jamiyat
192 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagilarni maʼlum qildi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 22 nafarga yetdi. 5-iyun kuni 160, kasallik qayd etilgandan buyon esa 3 ming 247 nafar, yaʼni 80 foizdan ziyod bemor toʻliq sogʻaygan. Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, shifoxonalarda 759 bemor davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli ogʻir, 3 nafarining ahvoli oʻta ogʻir. 49 mingdan koʻproq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Kuni kecha 16 mingdan koʻproq laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilgan.

Karantin tadbirlari davom etyapti. Koronavirus kasalligi boʻyicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. 5-iyun kuni qayd etilgan 20 bemorning 6 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida va yana 5 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida aniqlangan. Ularning 7 nafari aholi orasida qayd etilgani barchamizni sergak torttirishi kerak. Ming afsuski, oxirgi aniqlangan 15 bemorning 3 nafari Toshkent shahri aholisi orasida qayd etildi.

Shunday qilib, Toshkent shahrining Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod, Mirobod tumanlarida koronavirus kasalligiga chalinish holatlari aholi orasida qayd etilyapti.

Atrofimizda kasallikka chalingan odamlar yoʻqligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Karantin va cheklov tadbirlariga rioya qiling. Shundagina epidemik vaziyatga ijobiy taʼsir koʻrsatamiz. Aks holda vaziyat murakkablashishi, jiddiy choralar koʻrilishi mumkinligini unutmang!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?