Toshkent shahri dehqon bozorlari elektron tarozilar bilan toʻliq taʼminlanganmi?..

08:22 22 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
273 0

Tarozi toʻgʻri ishlasa undan isteʼmolchi zarar koʻrmaydi. Shu bilan birga sotuvchi va isteʼmolchi oʻrtasida halol munosabat shakllanadi. Respublikamiz dehqon bozorlarida foydalanib kelinayotgan elektron tarozilarni oʻz vaqtida «Oʻzstandart» agentligi tomonidan davlat metrologik tekshiruvlaridan oʻtkazib turish yuzasidan bir nechta meʼyoriy hujjatlar ham qabul qilingan.

Ming afsuski, hozirga qadar poytaxt dehqon bozorlarida elektron tarozilar bogʻliq muammolar oʻz yechimini tomadi. «Oʻzstandart» agentligi, Isteʼmolchilarning Huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va boshqa masʼul idoralar hamkorligida tashkil etilgan oʻrganishlar natijasi qoniqarsiz boʻldi.

Oʻrganishlarda Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida jami 17894 dona savdo oʻrinlar mavjud boʻlib, shundan 9461 ta tarozi talab etiladigan savdo oʻrinlari borligi maʼlum boʻldi. Bu haqda «Oʻzstandart» agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Mavjud oʻrinlar savdosi uchun, 4730 dona tarozilarga ehtiyoj bor. Hozirgi kunda dehqon bozorlarda jami 3200 dona tarozilardan foydalanilmoqda. Qonunchilikda bozor hududlarida shaxsiy tarozilardan foydalanish taʼqiqlangan boʻlsa-da, 1960 dona sotuvchilarning shaxsiy tarozilaridan foydalanib kelinmoqda.

Dehqon bozorlari hisobida esa 1240 dona tarozi bor, xolos. Hozirda dehqon bozorlarida 1531 dona tarozilar yetishmaydi.

«Oʻzstandart» agentligi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan targʻibot tadbirlariga qaramasdan poytaxtimizdagi Askiya, Chilonzor, Qoraqamish hamda Qoʻyliq dehqon bozorlardagi mavjud 326 dona elektron tarozilari tegishli tartibda qiyoslash koʻrigidan oʻtkazilmasdan foydalanilmoqda.

Bunday eʼtiborsizlik holatlari natijasida savdodagi ishonch yoʻqoladi hamda davlat va xalq manfaatlariga zarar yetadi. Albatta, bunday salbiy holatlar tegishli idoralar tomonidan oʻrganilib, unga ijobiy yechim topiladi degan umiddamiz” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?