Toshkent metrosida konsert boʻladi. U yerda “Choʻqintirgan ota” musiqasi ham yangraydi

19:00 29 Iyul 2019 Madaniyat
278 0

Toshkent metropoliteni Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi bilan hamkorlikda yerosti yoʻlida mumtoz musiqalarning noyob konsertini taqdim etadi. “Yosh isteʼdodlar” kamer orkestri ushbu konsertni qoʻyib beradi.

Ushbu madaniy voqea 4-avgust kuni nishonlanadigan Temiryoʻlchilar kuni munosabati bilan tashkil etiladi. Tadbir 2-avgust kuni “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlari kesishmasida oʻtkaziladi.

Unda Manas Leviyevning “Oq lolalar valsi”, Mutal Burxonovning “Maftuningman”, Iogann Shtrausning “Radeskiy marshi”, Yuber Jironing “Parij osmoni ostida”, Nino Rotaning “Choʻqintirgan ota”, Aleksandar Ribakning “Ertak”, Iogann Bramsning “5-raqamli venger raqsi”, F.Bravo va D.Konsolining “Yamayka”, De Abreuning “Tiko-tiko”, Glenn Millerning “Kayfiyatda”, Astor Pyatsollaning “Xayr, Parij”, “Ayol ifori” filmidan “Tango”, Andrea Bochellining Con Te Partiro musiqalari, “Rissada qolish” jaz pyesasi, “Karib dengizi qaroqchilari” kinokartinasi saundtreklari, Maykl Jekson repertuaridan qoʻshiqlar yangraydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?