Toshkent davlat transport universiteti tashkil etiladi

11:45 05 May 2020 Hujjatlar
311 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, tizimni ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, taʼlim jarayoniga oʻqitishning innovatsion uslublari va axborot texnologiyalari keng joriy etiladi.

Qarorga koʻra, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti birlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti tashkil qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?