Tokio va Nagoya koʻchalaridagi LED-ekranlarda Oʻzbekistonning turistik salohiyati namoyish etilmoqda

12:00 17 Dekabr 2019 Welcome to uzbekistan
288 0

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Yaponiyaning Nagoya hamda Tokio shaharlarining sayyohlar va mahalliy aholi eng gavjum koʻchalarining markazlarida joylashgan LED ekranlarda Oʻzbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan videoroliklar namoyishi tashkillashtirildi. Ushbu videorolikda mamlakatimiz turistik shaharlarining jozibadorligiga alohida urgʻu berilgan. 

Shuningdek, ushbu videroliklarning namoyishidagi yana bir eʼtiborli jihati shundaki, namoyishning aynan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga davlatiga amalga oshirayotgan oliy darajadagi tashrifi doirasiga toʻgʻri kelganidir. Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston-Yaponiya turizm sohasidagi aloqalarining oʻzaro rivojlanishi mamlakatimizga kunchiqar mamlakatdan sayyohlar oqimini oshishiga hamda yurtimizga turizmdan olinadigan daromadlarning yanada koʻpayishiga olib keladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?