Tokayev Qozogʻiston poytaxti nomini Nursultan Nazarbayev sharafiga oʻzgartirishni taklif qildi

12:06 20 Mart 2019 Dunyo
499 0

Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev mamlakat poytaxti Ostona shahri nomini Nursultan deb oʻzgartirishni taklif qildi. Bu haqda u parlament palatalari qoʻshma yigʻilishida maʼlum qilgan.

“Bizning buyuk zamondoshimiz - Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Nursultan Abishevich Nazarbayevning nomini quyidagi tarzda abadiylashtirish kerak: poytaxtimiz Prezident nomini olishi hamda Nursultan deb atalishi lozim.

Shuni qoʻshimcha qilmoqchimanki, bunday taklif 2016 yil 23 noyabrida Qozogʻiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qabul qilingan deklaratsiyada parlamentariylar tomonidan ilgari surilgan”, - degan Tokayev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?