Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzodlar 300dan oshib ketdi

17:28 13 Fevral 2019 Dunyo
551 0

Arxiv foto

Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzodlar soni 300dan oshib ketdi. Ularning 219 nafari insonlar va 85 tasi tashkilotlardir. Bu haqda Norveg Nobel qoʻmitasi rasmiy saytida maʼlum qilindi. Qayd etilishicha, nomzodlar soni koʻpligi boʻyicha bu mukofot tarixidagi eng katta koʻrsatkichlardan biridir. Bu boradagi rekord 2016 yil oʻrnatilgandi – 376 ta nomzod.

Qoidaga koʻra, oʻz nomzodini ilgari surganlar nomi 50 yil davomida oshkor etilmasligi kerak.

Mukofot qoʻmitasi tinchlik yoʻnalishi boʻyicha gʻolib nomini ham har yili eʼlon qilib keladi.

Maʼlumot uchun, Nobel mukofoti 1901 yildan beri beshta soha – fizika, kimyo, fiziologiya, tibbiyot, adabiyot, shuningdek, tinchlikparvarlik sohasidagi yutuqlar uchun berib kelinadi.

Uni tantanali topshirish marosimi har yili 10 dekabrda tashkil etiladi. Beshta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar dunyoning turli burchaklaridan Shvetsiya poytaxtiga shved qiroli qoʻlidan oltin medal va pul mukofotini olish uchun tashrif buyurishadi.

Oʻtgan yili Kongo Demokratik Respublikasidan jarroh Deni Mukvege va ISHID terrorchilari iskanjasidan qutulib chiqqan iroqlik huquq himoyachisi Nadya Murad tinchlik yoʻnalishida Nobel mukofotiga sazovor boʻlgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?