Timur Ishmetov Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

13:48 22 May 2019 Siyosat
417 0

Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ manbalari xabar berdi.

Ishmetov 2017 yilning 7 iyunidan shu kunga qadar Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tugʻilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutining “Moliya va kredit” fakulteti, 2005 yilda Britaniyadagi Birmingem universitetining International Money and Banking yoʻnalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda -Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017 yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatdi. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar va Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qildi.

Moliya vazirining avvalgi birinchi oʻrinbosari Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?