“Til vositai robitai olamiyondir”

16:28 21 Oktyabr 2019 Madaniyat
413 0

Maʼrifatparvar shoir Avaz Oʻtar soʻzi bilan aytganda til inson va olamni bogʻlab turuvchi vosita, koʻprikdir. Darhaqiqat, u koʻngillarni, xalqlarni yanada yaqinlashtiradi. “Yurtimiz mehmonlari oʻzbek tilida soʻzlaydi” ruknimizga ilk kezlardan koʻplab xorijlik kuzatuvchilar qiziqish bildirdi. Bu nafaqat loyihaga, tahririyatga boʻlgan eʼtibor, balki aziz Ona tilimizga boʻlgan hurmat va ehtiromdan ham darak beradi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Quyida eʼtiboringizga Moskva davlat tilshunoslik universiteti magistranti Filipp Zaxarovning fikrlarini havola etamiz. Eʼtiborlisi, u Alisher Navoiy gʻazalini oʻzgacha mehr va iftixor bilan aytib berdi...

Bizni kuzatishda davom eting.

Yulduz OʻRMONOVA,
Hakimjon YOʻLDOSHEV,
“Xalq soʻzi” muxbirlari

tomonidan tayyorlandi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?