The Telegraph Oʻzbekistonni koronavirusdan xoli turistik jozibador mamlakat sifatida eʼtirof etdi

21:18 04 Mart 2020 Welcome to uzbekistan
477 0

Buyuk Britaniyaning taniqli “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qoʻshdi. 
“Telegraph Travel” yozuvchisi Sara Uilerning soʻzlariga koʻra, “kattaligi Ispaniyadek keladigan bu davlat, oʻzidan nur va ajib goʻzallikni taratib turadi. Zamonaviy Oʻzbekistonda Buyuk Ipak yoʻlining uch buyuk shahri (Buxoro, Xiva va Samarqand) va Tyan-Shan togʻ massivi joylashgan”. Oʻzbekistondan tashqari ushbu roʻyxatga Argentina, Namibiya, Kuba, Turkiya, Moʻgʻuliston, Madagaskar, Peru, Maldiv, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Chili, Polsha, Kolumbiya, Vengriya, Boliviya va Tanzaniya kabi davlatlar kiritilgan. Nashrda taʼkidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan, shu bilan birga, u yerlarda koʻrish mumkin boʻlgan joylar talaygina. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?