Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi

09:16 13 Avgust 2018 Dunyo
4952 1
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Singapurlik repetitor 2016 yil imtihonlarida olti nafar xitoylik talabaga yordam berganligini tan oldi. Prokurorlar bu ishni oldindan puxta o‘ylangan reja, deb baholaydi, deb yozadi “Bi-bi-si”.

Tan Jay Yan ismli bu repetitorning o‘zi ham alohida nomzod niqobi ostida imtihonda ishtirok etib, javoblarni sheriklariga FaceTime ilovasi orqali aytib turgan, deydi prokurorlar.

Talabalar imtihonga kirishdan oldin Bluetooth qurilmasini kiyimlari orasiga ustalik bilan yashirganlar va teri rangiga monand quloqchinlar taqib olganlar.

Tan xonim qonunchilikning 27 bandini buzganlikda ayblanmoqda. Talabalarning uchtasi o‘ziga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarni tan olmagan.

Guruh 16 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan yakuniy o‘rta ta’lim imtihoni chog‘ida qo‘lga tushgan.

Prokurorlarga ko‘ra, imtihon kuzatuvchisi talabalardan birining shivirlayotganini payqab qolgandan so‘ng guruh fosh bo‘lgan.

So‘ng qo‘lga tushgan talaba imtihondan olib chiqilib, tintib ko‘rilganda uning kiyimlari orasidan mobil telefon, Bluetooth qurilmasi va teri rangidagi mitti quloqchin topilgan.

Ilk tinglov jarayonida prokurorlar Tan xonim va uning sheriklarini 2016 yil oktyabr oyida Singapur imtihonlar va baholash boshqarmasi vasiyligida o‘tkazilgan imtihonda olti nafar talabaga qalloblik yo‘li bilan yordam berganlikda aybladi.

Imtihon bo‘lib o‘tgan vaqtda Tan xonim Zeus o‘quv markazida faoliyat yuritayotgan bo‘lgan. Aynan shu markaz xodimlari repetitor va uning talabalariga yuqori texnologiyali aloqa qurilmalari orqali javoblarni yetkazib turgan.

Tan xonim bilan bir vaqtda markaz rahbari Po Yuan Niy va o‘qituvchilar Fiona Po Min, Feng Riven ham qalloblikni tashkillashtirishda ayblanmoqda.

Po Yuan Niy xitoylik shaxslarning biridan 8,000 singapur dollari (6,100 AQSH dollari) miqdoridagi depozit va Zeus o‘quv markaziga qatnagan har bir o‘quvchi uchun 1,000 singapur dollari olishda gumonlangan.

Tomonlar mabodo imtihon muvaffaqiyatsiz o‘tsa, pullarni egasiga qaytarib berish borasida kelishib olgan bo‘lishgan.


Izohlar


Nodir Temirov

Алишер Абдуллажонов (asdalisher@yandex.ru)

Zamon tezkor. Har qanday holatda ham viruslar paydo bo'ladi va rivojlanadi. Bugun bilimsiz talaba imtihondan yordam bilan o'tar lekin ertaga ular korrupsiyaning harakatlantiruvchisi bo'lib qolmaydimi???

09:3921.08.2018