Teraktni rejalashtirishda gumondor boʻlgan 11 kishi ushlandi

10:49 25 Mart 2019 Dunyo
523 0

GFRning Gessen va Reynland-Pfals federal yerlaridagi qator shaharlarda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan aksilterror operatsiyalari oʻtkazilishi natijasida 11 kishi ushlandi. Bu haqda TASS Frankfurt prokuraturasi maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi.

“Salafizm tarafdori boʻlgan Offenbaxda yashovchi 21 yoshli kishi va Visbadenlik 31 yoshli aka-ukalar asosiy gumondorlardir, - deyiladi prokuratura bayonotida. – Ular avtomobil va oʻtochar qurollar yordamida hujum qilishga kelishib olishgan”.

Matbuot xabarnomasida erkaklar “iloji boricha koʻproq odam oʻldirish”ni rejalashtirishgani aytiladi.

Prokuratura versiyasiga koʻra, ushbu shaxslar qurol-yarogʻ yetkazib beruvchilar bilan aloqani yoʻlga qoʻygan va keng gabaritli transport vositasini ijaraga ham olgan. 

Boshqa qoʻlga olinganlar terrorchilik harakatiga tayyorgarlik koʻrishga moliyaviy yordam bergan. 200ga yaqin huquq-tartibot vakillari ishtirok etgan tintuvlar chogʻida 20 ming yevro naqd pul, sovuq qurol, giyohvand moddalar va elektron kartalar musodara qilingan.

Barcha gumondorlarni qamoqda saqlash boʻyicha qaror qabul qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?