Temurjon Komilov Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

16:22 21 May 2019 Siyosat
389 0

Arxiv foto | Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 20 may kuni Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosarini tayinladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Prezident qaroriga koʻra, Temurjon Komilov Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimini egalladi. U xalq taʼlimi sohasida moliyaviy-iqtisodiy masalalarga masʼul hisoblanadi.

Temurjon Komilov xalqaro iqtisodiy munosabatlar yoʻnalishi boʻyicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2004 yil bakalavriat va 2006 yili magistraturani tamomlagan. 2005-2017 yillarda davlat organlarida faoliyat yuritgan.

2017 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasida ishlab kelgan. 2018 yilda u Hisob palatasining Byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilishi va xarajat qismi ijro etilishini nazorat qilish shoʻbasi bosh inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Temurjon Komilov ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori sifatida faoliyat olib borayotgan Otabek Nazirov oʻrnini egalladi. Eslatib oʻtamiz, Otabek Nazirov 2019 yil yanvar oyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?