Tabiat moʻʼjizasi: Ohangarondagi muhabbat daraxti

13:36 03 Oktyabr 2018 Lifestyle
883 0
Ohangarondagi muhabbat daraxti. Foto: “Xalq soʻzi Online”

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Rahmatilla Sheraliyev/Toshkent viloyati. Oʻtmishda Toshkent va Fargʻona oraligʻidagi chogʻroqqina yoʻl Ohangaronning Kandir deb nomlangan soyi va davoni orqali oʻtgan.

Ohangarondagi muhabbat daraxti. Foto: “Xalq soʻzi Online”

Koʻp qadim bu yoʻllardan Otabek bir necha marotaba Toshkentdan Margʻilonga, Kumush esa bir marta Margʻilondan Toshkentga borgan. Mahalliy aholining aytishicha, yozuvchi Abdulla Qodiriyning qahramonlari Kandirsoyning quyi qismidagi “Oqota” deb nomlangan ziyoratgohda dam olishgan, tamaddi qilishgan. Tabiiyki, ularning taomlari orasida turshak va tut qoqisi ham boʻlgan, deyishadi. “Oqota” ziyoratgohidagi yolgʻiz oʻrik va tut daraxti, balki oʻsha turshak danagi va tut qoqisidan unib chiqqan boʻlsa, ajab emas...

Mana shunday xulosa qilishga asos bordek tuyuladi. Hayratlanarlisi shundaki, bir-biridan 7-8 odim olislikdagi bu koʻhna daraxtlar voyaga yetgach, bir-biri bilan chirmashib ketgan. Mahalliy aholi ularni muhabbat daraxti yoki Kumush va Otabek muhabbatining ramzi, deb ataydi.

Ohangarondagi muhabbat daraxti. Foto: “Xalq soʻzi Online”

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?