Surxondaryoda yil boshidan buyon 15ta loyihaga salkam 21 mln dollar investitsiya jalb qilindi

18:10 12 Oktyabr 2018 Jamiyat
183 0
Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatida joriy yilning sentyabr oyiga qadar 15 loyiha boʻyicha 20,9 million dollar atrofida investitsiya jalb qilindi. Bu haqda Toshkentda boʻlib oʻtgan Hisob palatasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan ushbu hududning investitsiya va eksport salohiyatiga bagʻishlangan seminar vaqtida aytib oʻtildi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.

Qayd qilinishicha, yil oxirigacha esa yana 33 ta loyiha roʻyobga chiqarilishi kutilyapti. Buning natijasida hozirgacha 2600 dan ziyod ishchi oʻrni yaratilgan boʻlsa, belgilangan barcha loyihalar amalga oshirilgach, 10 mingdan ziyod kishining bandligi taʼminlanadi.

Maʼlumot uchun, Prezidentimizning joriy yil 19 iyuldagi “2018-2019 yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyatiga chet ellik investorlar qiziqishini orttirish maqsadida mazkur tadbir tashkil etildi. Tadbirda chet el elchixonalari va vakolatxonalari, xalqaro tijorat tashkilotlari hamda moliya muassasalari vakillari ham ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?