Superkompyuter JCH-2018 g‘olibi kim bo‘lishini aniqladi

11:32 06 Iyul 2018 Sport
69933 3
Foto: minutouno.com

AQSH banklaridan biridagi superkompyuter Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan JCH-2018da qaysi terma jamoa g‘olib chiqishini aniqladi. Bu haqda Money Control onlayn portali xabar tarqatdi.

Manba xabariga ko‘ra, kompyuter JCHning bo‘lajak o‘yinlaridagi taxminan millionta voqealar rivojini hisoblab chiqdi va mundial finalida Braziliya terma jamoasi Xorvatiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, g‘alaba qozonishini aniqladi.

Kompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, braziliyaliklarning chempion bo‘lish imkoniyati 24,9 foizni tashkil qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi da’vogar Fransiya — 15,8 foiz.


Izohlar


Nodir Temirov

Дамини олсин ўша суперкомпьютер.

09:1308.07.2018

Nodir Temirov

Nurbek Samanov:

Bu kompyutermi tomi ketgani aniq

16:0313.07.2018

Nodir Temirov

Oybek Nomozov (o.nomozov@bk.ru):

Fransiya — 15,8 foiz (ajoyib)

19:4817.07.2018