Sud tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar oʻrnatish mumkinligi toʻgʻrisida chiqarilgan qaror qay darajada asosli? – IIV bayonoti

10:44 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
1471 0

Ushbu savolga Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining quyidagi rasmiy bayonotidan javob topish mumkin:

“2019-yil 6-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarida Buxoro shahar maʼmuriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar oʻrnatish mumkinligi toʻgʻrisida qaror chiqarilganligi haqida tarqatilgan xabarlar Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi va quyidagilar maʼlum qilinadi.

Birinchidan: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 646-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilgan.

Ushbu oʻzgartirishlarga koʻra Yoʻl harakati qoidalari 3-ilovasi (Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar) 7.4-bandining izohida III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining (konstruksiyasi yoʻlovchilarni faqat oʻtirgan holda tashish uchun moʻljallangan avtobuslar) orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni koʻrish uchun tashqi koʻzgusi mavjud boʻlgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) oʻrnatishga ruxsat berilishi belgilangan.

Yaʼni III klass M3 toifadagi avtotransport vositalaridan boshqa toifadagi transport vositalarining yon oynalariga parda (chiy parda, darparda) oʻrnatish taqiqlanadi.

Ikkinchidan: Yoʻl harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandiga asosan haydovchi joyidan tevarak-atrof koʻrinishini cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan va qoplamalar tushirilgan boʻlsa avtotransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Uchinchidan: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda GOST 33988-2016 (Avtomobilnыye transportnыye sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texnicheskiye trebovaniya i metodы ispыtaniy.) davlatlararo standartida keltirilgan tushunchalar notoʻgʻri talqin qilingan.

Jumladan, “Tevarak-atrof koʻrinishi” (obzornost) va “Old tomondan tevarak-atrof koʻrinishi” (perednaya obzornost) tushunchalari chalkashtirib yuborilgan.

Vaholanki, Yoʻl harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandida haydovchi joyidan tevarak-atrof koʻrinishi, yaʼni (obzornost) nazarda tutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda esa faqat “Old tomondan tevarak-atrof koʻrinishi” (perednaya obzornost) gapirilib, amaldagi meʼyoriy hujjatlar notoʻgʻri talqin qilingan.

GOST 33988-2016 (Avtomobilnыye transportnыye sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texnicheskiye trebovaniya i metodы ispыtaniy.) davlatlararo standartida “Tevarak-atrof koʻrinishi” (obzornost) va “Old tomondan tevarak-atrof koʻrinishi” (perednaya obzornost) tushunchalari aniq koʻrsatib berilgan.

(Obzornost: Konstruktivnoye svoystvo TS, xarakterizuyuщyee obyektivnuyu vozmojnost i usloviya vospriyatiya voditelem vizualnoy informatsii, neobxodimoy dlya bezopasnogo upravleniya TS.

Perednaya obzornost: Obzornost cherez peredneye i bokovыye okna kabinы, ogranichennaya polem zreniya voditelya, ravnыm 1800, v gorizontalnoy ploskosti pri napravlanii linii vzora s mesta voditelya paralelno srednoy prodelnoy ploskosti TS.)

Toʻrtinchidan: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 126-moddasida ham “Tevarak-atrof koʻrinishi” (obzornost) toʻgʻrisida koʻrsatilgan.

Yaʼni, Kodeksining 126-moddasi boʻyicha maʼmuriy hujjatlar malakalanishida “Tevarak-atrof koʻrinishi” (obzornost) hisobga olinadi.

Yuqorida bayon etilganlarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2019-yil 6-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarni asossiz deb hisoblaydi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasida Buxoro shahar maʼmuriy sudi tomonidan chiqarilgan qaror toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?