Sport - gender tenglik tarafdori

18:30 07 Oktyabr 2019 Sport
142 0

“Sport - gender tenglik tarafdori” shiori ostida 14 yoshdan 18 yoshgacha va undan yuqori boʻlgan sportchilar oʻrtasida universal jang sport turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari tashkil etilmoqda. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.

Sport musobaqalari joriy yilning 8-11-oktyabr kunlari Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Universal sport saroyida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda mazkur musobaqalar tashkilotchilari hisoblanadi.

Tadbir xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va sportni ommalashtirishga qaratilgandir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?