Sogʻliqni saqlash vazirligi Dubay amirligi hukumati bilan 1 mln dollar qiymatidagi kelishuvga erishdi

15:20 04 Iyun 2019 Iqtisodiyot
277 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tibbiyot sohasida ham oʻzaro aloqalar izchillik bilan rivojlanmoqda. Jumladan, Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Dubay Amirligi hukumatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sulton Xalifa Sulton Belobayda Alsuaidi tomonidan mamlakatimizning tibbyot muassasalarini texnik qoʻllab-quvvatlash doirasida 1 million AQSH dollariga teng texnik yordam koʻrsatish boʻyicha oʻzaro kelishuv Memorandumi imzolandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Ushbu kelishuv yurtimizda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va aholini zamonaviy yuqori texnologik tibbiy yordamga boʻlgan ehtiyojini qondirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?