“Smartcity” — bilim va tajriba almashish maydoni

14:50 09 Oktyabr 2019 Jamiyat
137 0

“Oʻzbekiston — Germaniya 2019” ilmiy-tadqiqot dasturining rejasiga binoan, joriy yil 7 — 11-oktyabr kunlari Germaniyaning Oldenburg universiteti, TATU, TATU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari hamkorligida “Smart city” Oʻzbekiston — Germaniya xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Oʻquv-trening kursining maqsadi — universitet professor-oʻqituvchilari va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun “Smart city” dasturi boʻyicha xalqaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Konferensiya Germaniya va Oʻzbekiston olimlari, ilmiy tadqiqotchilari, ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillarini “Smart city” kontekstida bilim va tajriba almashish uchun muhim maydon vazifasini bajarmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?