Sirdaryo viloyati hokimining  birinchi oʻrinbosari oʻzgardi

16:35 04 Aprel 2019 Jamiyat
2170 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Murodilla Yoqubovich Eshmatov “Xalq banki” respublika boshqaruvi raisi etib tayinlandi. U 2016 yil dekabr oyidan buyon  viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatib kelgan Anvar Rasulovich Karimov Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Anvar Karimov 1977 yilda Boyovut tumanida tugʻilgan.

U bir necha yil mobaynida Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi vazifasida ham ishlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?