Shuhrat Qayumovning o‘limi sababi ma’lum qilindi

22:26 22 Sentyabr 2020 Jamiyat
15305 0

Xonanda Mohira Asadova o‘zining Facebook sahifasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumovning o‘limi sababini ma’lum qildi. 

«Bundan ikki yilcha avval Shuhrat Qayumov bilan bir s’yomka davomida ancha suhbatlashib qolganimizda, u kishi ko‘p vaqtdan beri betobligi va bu betobligining sababi esa ʼoblastʼlarning birida o‘tkazgan to‘y marosimida ochiq va sershamol bo‘lgan yerda terlab turib, qo‘shiq aytgani va shu tadbirdan so‘ng ikki tomonlama pnevmoniya bo‘lgani, bu kasallikning davomi esa saraton kasalligiga ulanib ketgani va bu kasallikka davo izlab Moskva shahriga borib kelgani haqida tushkun bir kayfiyatda so‘zlab berib, meni g‘amgin qilgan edi.

Ming afsuski, bu bedavo dard bugun safimizdan yana bir do‘stimizni olib ketdi. Yaxshi suxandon, xonanda, samimiy va kamtarin inson Shuhrat Qayumov o‘z muxlislari qalbida abadiy yashaydi.

Ruhingiz shod, oxiratingiz obod bo‘lsin do‘stim, diydor qiyomatga qoldi», deya yozdi Mohira Asadova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?