SHHT TIV rahbarlarining boʻlajak uchrashuvi toʻgʻrisida

09:33 12 May 2020 Siyosat
188 0

2020-yil 13-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklidagi uchrashuvda ishtirok etadi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, SHHT tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot doirasidagi boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladilar, yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati va istiqbollari boʻyicha fikr almashadilar.

Shuningdek, SHHT tomonidan Afgʻonistondagi siyosiy vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga koʻmaklashish masalalari ham alohida koʻrib chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?