“Sheremetyevo”da halok boʻlganlar va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq

10:35 06 May 2019 Dunyo
352 0

Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi aviahalokatda halok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligi haqida rasmiy bayonot berdi.

“2019 yilning 6 may kuni ertalab holatiga koʻra 5 mayda Moskvadagi “Sheremetyevo” aeroportiga samolyotning favqulodda qoʻnishi natijasida qurbon boʻlganlar va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq.

Bu maʼlumotni tergov olib borayotgan huquqni muhofaza qilish organlari mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik boʻlimiga tasdiqladi“, deyiladi TIV xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?