Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi

16:53 28 Sentyabr 2018 Siyosat
814 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Davlatimiz rahbari 27 sentyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Prezidentlar Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator obyektlarga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev 28 sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Toshkentga joʻnab ketdi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda kuzatib qoʻydi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?