Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentini tabrikladi

15:30 29 Oktyabr 2020 Siyosat
320 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika eʼlon qilingan kun munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanga tabrik yoʻlladi.

Maktubda soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, infratuzilma va moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi koʻp qirrali aloqalar jadal rivojlanib, tom maʼnoda strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisi va oila aʼzolariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Rejep Tayyip Erdogʻanning serqirra va masʼuliyatli faoliyatiga yangi zafarlar va tuganmas kuch-gʻayrat, qardosh turk xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tilagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?