Shavkat Mirziyoyev: Odamlarga nima manfaat keltirsa, shuni qilamiz

09:47 13 Avgust 2019 Siyosat
212 0

12-avgust kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev jahon iqtisodiyotidagi raqobatni “shafqatsiz okean”ga qiyosladi.

“Zamon oʻzgaryapti, mahsulotga talab oʻzgaryapti. Shunga munosib boʻlganlar daromad topa oladi. Odamlarga nima manfaat keltirsa, shuni qilamiz” dedi Prezident.

Tarmoqlar va hududlarda eksportni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari tahlil qilinar ekan, davlatimiz rahbari oʻtgan uch yil biz uchun “repititsiya” – poydevor boʻlgani, endi natija olinadigan vaqt kelganini taʼkidladi.

“Biz katta marra oldik. Xalqimiz oldida ulkan masʼuliyat bu. Odamlar katta ishonch bildiryapti. Buni oqlash uchun halol-pok, sadoqat bilan mehnat qilishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

OʻzA


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?