Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari mudofaa idoralari rahbarlari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan MDHga aʼzo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlarini qabul qildi.
Uchrashuvda Ozarbayjon mudofaa vaziri Z.Gasanov, Armaniston mudofaa vaziri D.Tonoyan, Belarus mudofaa vaziri A.Ravkov, Qozogʻiston mudofaa vaziri Ye.Еrmekbayev, Rossiya mudofaa vaziri S.Shoygu, Tojikiston mudofaa vaziri Sh.Mirzo, Qirgʻiziston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi R.Duyshenbiyev va MDH Mudofaa vazirlari kengashi kotibi Yu.Dashkin ishtirok etdi.
Prezidentimiz delegatsiyalar rahbarlarini qutlar ekan, MDH Mudofaa vazirlari kengashining majlisi ilk bor Toshkentda oʻtkazilayotgani mamlakatimizning Hamdoʻstlik faoliyatidagi ishtiroki yangi bosqichga koʻtarilganidan dalolat ekanini taʼkidladi.
Oʻtgan yilda Oʻzbekiston Hamdoʻstlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarda hamkorlik boʻyicha 10 dan ortiq tarmoq organlariga qoʻshildi.
Uchrashuvda MDH doirasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni, shu jumladan, idoralararo sheriklikni yanada kengaytirish, ikki va koʻp tomonlama tadbirlar oʻtkazish, harbiy kadrlarni professional tayyorlash masalalari koʻrib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning, jumladan, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
MDH mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻz davlat rahbarlarining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Oʻzbekistonda Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga, shuningdek, mamlakatimizning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga doir tashabbuslariga yuksak baho berildi.
Mudofaa idoralari oʻrtasida tomonlarni qiziqtirayotgan masalalar boʻyicha konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari MDH Mudofaa vazirlari kengashi majlisi ishiga muvaffaqiyat va samarali natijalar tiladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: