Shavkat Mirziyoyev: Harbiy xizmatchilar xalqimizning maʼnaviy yetuk farzandlari boʻlishi kerak

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Denov tumanidagi Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda boʻldi.
Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi barcha harbiy qism va muassasalarining shtat turkumlari, shaxsiy tarkibi tubdan takomillashtirilmoqda.
Mazkur harbiy qism ham 2018-yildan aralash harbiy qism tarkibida faoliyat yuritmoqda. Bu yerda muddatli harbiy xizmatchilar 21 yoʻnalishda mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlanadi.
Qismda harbiy xizmatchilar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Jumladan, bir vaqtning oʻzida 500 nafardan ortiq harbiy xizmatchi amaliy va nazariy mashgʻulot oʻtash imkoni mavjud 3 qavatli oʻquv binosi, 6 ta yotoqxona, zamonaviy sport majmuasi, oshxona qurildi.
Prezidentimiz ilgari surgan Beshta tashabbus asosida mazkur harbiy qismda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Tanishuv chogʻida shu haqda maʼlumot berildi. Xususan, oʻquv binolaridagi kompyuter xonalari, elektron kutubxonada harbiylarning zamonaviy bilim va ilgʻor koʻnikmalarni egallashi, oʻz ustida muntazam ishlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.
Mudofaa vazirligi va viloyat harbiy-maʼmuriy sektori tomonidan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolariga shart-sharoit yaratish maqsadida joriy yilda qism hududidagi harbiy shaharchada 64 xonadonli 4 ta koʻp qavatli uy, nodavlat bitta maktabgacha taʼlim muassasasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Davlatimiz rahbari harbiy qismdagi sharoitlar, yangi tashkil topgan boʻlinmalar, askar va harbiy xizmatchilarning oʻquv faoliyati bilan tanishdi.
Saf maydonida Oliy Bosh Qoʻmondonga muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga bagʻishlangan koʻrgazmali mashgʻulotlar namoyish etildi. Prezidentimiz harbiy texnika va qurol-aslahalar namunalarini koʻzdan kechirdi.
Harbiylar bilan muloqotda Prezidentimizga Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarni zamonaviy texnika va qurol-aslaha bilan taʼminlash, qoʻshinlarning boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish, mazkur qismda jangovar va oʻquv-tayyorgarlik jarayonini avtomatlashtirishga doir loyihalar haqida maʼlumot berildi.
– Harbiylar xalqimizning maʼnaviy yetuk farzandlari boʻlishi kerak. Buning uchun shaxsiy tarkibning maʼnaviy yetukligini, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini yuksaltirish lozim. Siz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimiz vorislari ekanligingizni doim his qilib, shunga munosib xizmat qilsangiz, yoshlarimiz vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuygʻularini sizlardan oʻrganadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident askar va ofitserlarning jangovar shayligini oshirish, yashash va dam olish sharoitini yaxshilash, ularni uy-joy bilan taʼminlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish lozimligini taʼkidladi. Buning uchun joylarda faoliyat yuritayotgan harbiy komandirlar, harbiy-maʼmuriy sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish kerakligi qayd etildi.
Harbiy qurilish tizimini takomillashtirish, askarlarning maʼnaviyatini oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: