Shavkat Mirziyoyev Eronda yoʻlovchi samolyot halokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

16:20 08 Yanvar 2020 Siyosat
312 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yoʻlovchi samolyoti qulashi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublari yoʻlladi.

Davlatimiz rahbari marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?