Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi o‘ta jiddiy. U meksikalik

11:19 12 Iyul 2018 Sport
755 0
Instagram / Shahram G‘iyosov

Riodagi Olimpiya o‘yinlari finalchisi, jahon chempioni Shahram G‘iyosov 14 iyul (O‘zbekiston vaqti bilan 15 iyul tongida) kuni professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi “Xalq so‘zi Online“ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Shu kuni bokschimizga meksikalik bokschi Daniel Echeverriya raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Echeverriya professional ringda shu kungacha 24 ta jang o‘tkazgan va ularning 19 tasida g‘alaba qozongan (17 tasi nokaut bilan). 5 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (2 tasi nokaut).

Shahram G‘iyosov esa ikkita jang o‘tkazgan va ularning har ikkisida ham g‘alaba qozongan. Janglarning birida u raqibini nokautga uchratgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?