Shahram Gʻiyosov oʻz gʻalabasini mustaqilligimizning 28 yilligiga bagʻishladi

11:40 28 Avgust 2019 Sport
186 0

Xabaringiz bor, boks boʻyicha havaskorlar oʻrtasida jahon chempioni, ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov 25-avgust kuni Meksikada oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Shu kuni hamyurtimiz kolumbiyalik taniqli bokschi Darleys Peresga qarshi ringga koʻtarildi va nomdor raqibini atigi 30 soniyada, yaʼni birinchi zarbaning oʻzidayoq nokautga uchratdi. Taʼkidlash kerak, Darleys Peres professional boksning nufuzli WBA yoʻnalishi yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni sanaladi.

Prof boksda chempionlik sari dadil qadam tashlayotgan Shahram Gʻiyosov shu tariqa oʻzining 9-jangida ham zafar quchdi. Buxorolik bokschimiz 29-avgust kuni yurtimizga qaytib keladi. Shahram Gʻiyosov Darleys Peres ustidan qozongan gʻalabasini xalqimizning eng ulugʻ va eng aziz bayrami, mustaqilligimizning 28 yilligiga bagʻishlashini maʼlum qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?