Shahobiddin Zoirov final yoʻllanmasiga ega boʻldi

16:22 20 Sentyabr 2019 Sport
245 0

Yekaterinburgda boks boʻyicha Jahon chempionati yarim final janglari boʻlib oʻtmoqda.

Hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov fransiyalik Bilol Bennamaga qarshi ringga chiqib, 5:0 hisobida gʻalaba qozondi va final yoʻllanmasiga ega boʻldi. Shu tariqa Zoirov oʻzi uchun kamida kumush medalni naqd qilib qoʻydi.

Bugun shuningdek, yana 4 nafar bokschimiz ringga koʻtariladi.

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Erdenebat Tsendbaatar (Moʻgʻuliston) (19:15)

-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (19:45)

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?