Senat Zangiota va Sergeli tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi

16:28 03 May 2019 Jamiyat
544 0

Senatorlar Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida masalani ham koʻrib chiqdilar.

Birgina 2018 yilda poytaxtimizda 11 ming 400 xonadonli 258 ta koʻp qavatli uylar qurildi.

Davlatimiz rahbari joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018 yil dekabr oyida Toshkent shahriga tashrif buyurgan edi.

Tashrif davomida poytaxt aholisi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ulkan hajmdagi obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlarni hayotdan rozi qilish masalasi doimiy eʼtibor markazida boʻlishi taʼkidlandi hamda masʼullarga tegishli koʻrsatmalar, vazifalar berildi.

Toshkent viloyatining boʻsh turgan, samarali foydalanilmayotgan yoki Toshkent shahriga berish orqali koʻproq samaraga erishish mumkin boʻlgan yer maydonlarini Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga oʻtkazish hamda ushbu hududda koʻp qavatli uy-joylar qurish tashabbusi ham ana shu tashrif mahsulidir.

Mazkur tashabbus Toshkent shahriga oʻtkazilayotgan hudud aholisi tomonidan toʻla qoʻllab-quvvatlandi.

Taʼkidlash lozimki, Toshkent viloyati Zangiota tumanidan oʻtkazilayotgan qismida 3 ta mahalla fuqarolari yigʻini mavjud boʻlib, jami 428 gektar gektar yer maydoni tashkil qiladi. Mazkur mahallalarda bugungi kunda 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Senatorlar tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?