Senat Raisi Tanzila Norboyeva: Buzish bilan bogʻliq sharmandali holatlar roʻy bermoqda

16:47 24 Avgust 2019 Siyosat
243 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oliy Majlis Senati yigirma birinchi yalpi majlisida Ichki ishlar vazirligining axborotini eshitish jarayonida senatorlarda koʻplab savollar tushdi.

Joylarda fuqarolarning uy-joyini yoki tadbirkorlarga tegishli koʻchmas mulkni buzish bilan bogʻliq holatlarda jarayonda ichki ishlar organlari xodimlari ishtiroki kuzatilayotgani, bunga ularning haqqi bormi, degan savolga Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari A.Toshpoʻlatov bunga xodimlarimiz haqli emas, deb javob berdi.

Darhaqiqat, ichki ishlar organi xodimlari, avvalo, fuqarolar himoyachilaridir. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabar va videolarda ichki ishlar organi xodimlari buzish jarayonlarida hokimlik vakillariga bevosita yordam berayotgani koʻzga tashlanmoqda. Bunga ularni hokimlik majburan jalb qilgan boʻlsa, ular bu haqda bevosita oʻz rahbarlariga murojaat qilishi kerak. Ammo amalda ular tomonidan rahbariyatlariga murojaat qilmagan.

Senat raisi T.Norboyeva joylarda buzish bilan bogʻliq holatlar aslida sharmandali tarzda amalga oshirilganini qayd etdi. Bu jarayonda ichki ishlar xodimlari bevosita ishtirok etayotganini ham inkor qilib boʻlmaydi. Ular bu haqda murojaat qilmagan boʻlsa ham kuzatuv asosida bunday holatlarga ichki ishlar vazirligi rahbariyati oʻz munosabatini bildirishi kerak, deb alohida taʼkidladi.

OʻzA


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?