Saudiya Arabistoni birinchi marta sayyohlik vizasini berishni boshlaydi. Roʻyxatdan Markaziy Osiyo davlatlaridan qaysi biri joy oldi?

Saudiya Arabistoni birinchi marta sayyohlik vizasini berishni boshlaydi. Uni 49 davlat fuqarolari olishlari mumkin, deb yozadi BBC.
Eʼlon qilingan roʻyxatga Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozogʻiston kirgan, shuningdek, Rossiya va Boltiqboʻyi davlatlari ham bor.
AQSH, Buyuk Britaniya, Shengen hududiga kiruvchi davlatlar, Avstraliya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Singapur fuqarolari ham endilikda Saudiyaga turist sifatida safar qila oladilar.
Bunga qadar Saudiya, asosan, Haj va Umra ziyoratini ado etishni istagan musulmonlar uchun ziyorat vizasi va shuningdek, tadbirkorlar uchun ishchi vizalarini berib kelgan.
27-sentyabrdan boshlab Saudiya Arabistoni diplomatik vakolatxonalari podshohlikka sayyoh sifatida borishni istaganlardan arizalar qabul qilishni boshlashi aytilgan.
Saudiya Turizm vaziri Ahmad Xatib sayyohlik vizasi berishning boshlanishini “tarixiy lahza“ deb atagan.
Ar-Riyod mamlakatni xorijiy sayyohlarga ochish bilan 2030-yilga kelib, yalpi ichki mahsulotda turizm ulushini hozirgi 3 foizdan 10 foizga oshirmoqchi.
“Mamlakatga keladigan sayyohlar bu yerdagi xazinalarni koʻrib, hayratga tushadilar - YUNESKO Butunujahon Merosiga kirgan beshta obida, oʻziga xos boy madaniyat, bagʻoyat goʻzal tabiat“, - deb aytgan Ahmad Xatib.
Xabar qilinishicha, sayyohlarga podshohlikda amal qiladigan dress-kod masalasida maʼlum yengilliklar beriladi.
Saudiya hukumati, jumladan, xorijiy ayol sayyohlardan abaya (arab ayollari kiyadigan, badanni toʻla yopadigan qora rangdagi uzun anʼanaviy koʻylak) kiyishlarini talab qilmaydi.
Ayni paytda Saudiya rasmiylarining aytishlaricha, ayollar odmi yoki kamtarona kiyinishlari kerak boʻladi.
“Umid qilamizki, doʻstlarimiz va mehmonlarimiz bizning madaniyatimizga hurmat bilan munosabatda boʻladilar“, deb aytgan Turizm vaziri.
Ar-Riyod, shuningdek, ayol sayyohlarga erkak yaqinlari hamrohlik qilishini talab qilmaydi.
Islom dinida boʻlmagan sayyohlarning musulmonlar uchun muqaddas Makka va Madina shaharlariga tashrif buyurishlariga, avvalgidek ruxsat berilmaydi.
Shuningdek, spirtli ichimliklarga amal qiladigan taqiq sayyohlarga ham qoʻllaniladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: