Sardobadagi masjidlar “Vaqf“ fondi mablagʻi hisobiga taʼmirlanadi

09:03 16 May 2020 Iqtisodiyot
144 0

vaqf.uz

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Sardoba tumanida masjid quradi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 13-may kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmita masʼul xodimlari Sirdaryo viloyatiga yana bir bor tashrif buyurib, toshqin oqibatida zarar koʻrgan Sardoba tumanidagi “Alisher Navoiy” va “Yusuf” jome masjidlari xolati bilan tanishgan. Oʻrganish natijasiga koʻra, ushbu masjidlarga toshqin oqibatida jiddiy talofat yetganligi aniqlandi.

Masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash - “Vaqf” xayriya jamoat fondining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shunga muvofiq Fond tabiiy ofat oqibatida zarar koʻrgan “Alisher Navoiy” masjidini tubdan qayta qurish hamda “Yusuf” jome masjidi binolarini kapital taʼmirdan chiqarish tashabbusini ilgari surdi.

“Aziz saxovatpesha vatandoshlarimizni masjidni qurishdek xayrli ishda hamkorlik qilishga chorlab qolamiz!

Hadisi shariflarda Paygʻambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar:

“Kim Allohning roziligini tilab bir masjid qursa, Alloh jannatda unga oʻshaning mislini qurib beradi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?