Samarqanddagi qurilish maydonida katta janjal yuzaga keldi, toʻrt kishi shifoxonaga tushdi

10:29 07 Noyabr 2019 Jamiyat
928 0

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining maʼlumotiga koʻra joriy yilning 6-noyabr kuni Samarqand shahar, Qora-suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida “Agromir Bilding” korxonasi tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan oʻn nafar ishchilar oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat oqibatida toʻrt nafar fuqaro Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga turli tan jarohatlari bilan murojaat qilishgan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 2 qismi “b” bandi bilan (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovoldi harakatlar olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?