Samarqandda MDH mamlakatlari I turistik yarmarkasi boʻlib oʻtadi

16:53 05 Iyul 2019 Welcome to uzbekistan
310 0

Mazkur yarmarka Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan birinchi marta shu yilning 9-10-iyul kunlari tashkil etilmoqda. Keyinchalik muntazam ravishda oʻtkazilishi moʻljallangan.

Toshkent shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan mazkur nufuzli tadbirga tayyorgarlik ishlarining borishiga bagʻishlab matbuot anjumani tashkil etildi.

Tashkilotchilarning aytishicha, yarmarka MDHga aʼzo mamlakatlarning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish, Hamdoʻstlikdagi turizm sektorining muhim trendlari va yangiliklarini almashish, turizm tashkilotlari va biznes vakillari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdulaziz Akkulovning ishonch bildirishicha, ikki kunlik yarmarka amaliy natijalarga boy boʻladi. Uning doirasida oʻtkaziladigan “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminarga ilmiy doira vakillari ham jalb etilib, turizmdagi kamchiliklar, mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Muammolar oʻrganiladi.

Yarmarka doirasida yurtimiz va xorijlik sayyohlik tashkilotlari, tur kompaniyalari oʻrtasida shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Said RAHMONOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?