Samarqand shahrini obodonlashtirishga 25 million AQSH dollari kredit mablagʻlari jalb qilinadi (Foto)

10:53 20 Sentyabr 2019 Welcome to uzbekistan
679 0

Foto: Slava Stepanov

Vazirlar Mahkamasining 2022-yilda Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Sammitini oʻtkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

Qarorda:

- Tadbir doirasida Samarqand shahrini obodonlashtirish ishlariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 25 million AQSH dollari kredit mablagʻlari jalb qilinishi;

- Mazkur pullar Samarqand shahrining ichki yoʻllari (koʻchalari) holatini yaxshilash, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun sarflanishi;

- Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar maqsadli sarflanishiga viloyat hokimligi masʼul ekanligi belgilandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?