Samarqand koʻchalaridan birida gastronomik turizm maskani barpo etiladi

09:39 12 May 2020 Welcome to uzbekistan
496 0

Samarqandda turizm salohiyatini yana-da rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu boradagi ishlar natijasida shahardagi Orzu Mahmudov koʻchasi yaqin vaqt oraligʻida butunlay yangi qiyofa kasb etadi.

Hozirgi paytda mazkur koʻchada gastronomik turizmni rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan hudud tashkil etish ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.

Xususan, Orzu Mahmudov koʻchasi toʻliq asfalt qilinib, piyodalar yoʻlaklari ham zamon talablari darajasiga keltirilmoqda. Mazkur koʻchada oʻz xizmat turlarini yoʻlga qoʻyuvchi tadbirkorlar hamda tashrif buyuruvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida oʻzlariga tegishli hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishmoqda.

Bugungi kunda bu yerda tematik uslubdagi yoritish moslamalarini oʻrnatish, shuningdek, retro-koʻprik qurish ishlari qizgʻin tus olgan. Taʼkidlash kerakki, loyihani joriy yilning oʻrtalarida yakunlash rejalashtirilgan.

Kelgusida ushbu hududda mahalliy va xorijiy sayyohlarga gastronomik xizmat koʻrsatish bilan birgalikda turli festival, qiziqarli tomosha va tadbirlar ham oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?