Sayyor qabulda 9 nafar fuqaro muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi

15:24 16 May 2019 Jamiyat
108 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud raisining oʻrinbosari X. Yodgorov va Oliy sud sudyalari Jizzax viloyati aholisi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Sudyalar tomonidan dastlab Jizzax shahar transport aloqa kollejida, soʻngra Forish tuman musiqa va sanʼat maktabida sayyor qabullar tashkil etildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sayyor qabullarda jami 104 ta murojaat qabul qilinib, shundan jinoyat ishlari yuzasidan 65 nafar, fuqarolik ishlari yuzasidan 26 nafar, iqtisodiy ishlar boʻyicha 11 nafar hamda maʼmuriy ishlar boʻyicha 2 nafar fuqaroning murojaati oʻrganildi. Bundan tashqari, qabul davomida hokimlik, prokuratura, ichki ishlar organlari va Majburiy ijro byurosiga taalluqli 4 ta murojaat xam kelib tushdi.

Qabullar natijalariga koʻra, 61 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 39 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi, 5 ta nazorat tartibidagi shikoyatlar Oliy sudda oʻrganish uchun qabul qilindi.

Qanoatlantirilgan 61 ta murojaatlar boʻyicha 38 nafar fuqaro tayinlangan jazodan shartli ozod etildi. 9 nafar fuqaro jazoni ijro etish muassasasidan muddatidan oldin ozod qilinib, oilasi bagʻriga qaytarildi. Shuningdek, 2 nafar fuqaroning sudlanganlik holati olib tashlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?