Rossiyaning “STAR-T“ kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “Non shahri“ teleseriali suratga olinadi

10:36 28 Oktyabr 2019 Madaniyat
108 0

Yaqinda “Oʻzbekkino“ Milliy agentligida Rossiyaning “STAR-T“ kinokompaniyasi bilan “Non shahri“ teleserialini suratga olish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Oʻzbekkino“ xabar berdi.

Unda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, xalqaro boʻlim rahbari Umid Zunnunov hamda “STAR-T“ kinokompaniyasining prodyuseri, ssenarist, kinoaktyor Sergey Kuzminыx ishtirok etishdi. Uchrashuvda “Non shahri“ (“Gorod xlebnыy…“) serialini suratga olishga kelishildi.

“Non shahri“ serialining ssenariy muallifi Sergey Kuzminыx. Serial tarixiy-detektiv, drama janrida suratga olinadi. Serialda 1942-yilgi voqealar tasvirlanadi va hozircha serialning 6 qismdan iborat boʻlishi rejalashtirilmoqda.

“STAR-T“ kinokompaniyasi 2005-yilda tashkil etilgan va qisqa vaqt davomida Rossiyadagi eng nufuzli kinokompaniyalardan biriga aylangan. “STAR-T“ badiiy va hujjatli filmlar hamda Rossiyaning eng mashhur telekanallari uchun teleseriallar ishlab chiqaradi. Ushbu kinokompaniya ishlagan “Molodoy Volkodav“, “Klassnыye mujiki“, “Komanda B“ kabi koʻplab teleseriallar Rossiya va chet mamlakatlarda shuhrat qozongan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?