Rossiyalik ikki beshkurashchi Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi

14:08 27 Avgust 2019 Sport
143 0

2019-yilning 6-fevral kuni Rossiya va Oʻzbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyalari orasida imzolangan memorandumga koʻra, ikki nafar rossiyalik yuqori klass sportchilari Aleksandra Savkina va Alise Faxrutdinovalar musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqida Oʻzbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi xabar qildi.

Uzoq muddat davomida olib borilgan muzokarlar natijasida Xalqaro Beshkurash ittifoqi(UIPM)dan bunga ruxsat olingan.

Ayni damda sportchilar Novogorsk shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida qatnashyapti. Ular 2-8-sentyabr kunlari Budapeshtda boʻlib oʻtadigan zamonaviy beshkurash boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrishmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?