Rossiyada vaksina sinovlari qachon boshlanishi maʼlum boʻldi

10:29 19 May 2020 Dunyo
222 0

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovi bir oydan soʻng boshlanadi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko maʼlum qildi.

U JSSTning 73-sessiyasida qilgan chiqishida shu haqida aytib oʻtdi.

“Immunitet profilaktikasi uchun vaksinalar ustida jadal ishlar olib borilyapti. Bir oydan soʻng ularning klinik sinovlari boshlanadi“, — dedi Murashko.

U Rossiyada bugungi kunda koronavirusni aniqlab beradigan 20 mingdan ziyod test tizimi ishlab chiqarilayotganini taʼkidlab oʻtgan.

Xabaringiz bor, tojdor virus birinchi marta Xitoyda aniqlanib, soʻngra butun dunyoga tarqalgan edi. JSST maʼlumotlariga koʻra, jahonda qariyb yarim million inson ushbu infeksiyaga chalingan, 318 mingdan ziyod odam vafot etgan.

Rossiyada Covid-19ni yuqtirganlar soni 291 mingdan oshgan boʻlsa, 2722 bemor hayotdan koʻz yumgan, 70 mingdan ziyod inson tuzalgan. 
RFda zarurat boʻlmaganda, uydan tashqariga chiqmaslik soʻralmoqda. Koʻplab hududlarda kirish-chiqish nazorat rejimi joriy etilgan, jamoatchiilik joylarida esa tibbiyot niqoblarini taqib yurish shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?